Maktabdan tashqari ta'lim


O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, "Ta`lim to’g’risida"gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq barcha hudud (shaharchalar, tuman, shahar, viloyatlar va respublika)larda maktabdan tashqari muassasalar tegishli hokimlikning qaroriga muvofiq ochiladi. Maktabdan tashqari muassasalar mustaqil ravishda yoki ilmiy-ishlab chiqarish, o’quv-tarbiya kompleksi (markazi) tarkibida faoliyat ko’rsatishi mumkin.

Bolalar va o’smirlarning ta`limga bo’lgan, yakka tartibdagi, ortib boruvchi talab-ehtiyojlarini qondirish, ularning bo’sh vaqtini va dam olishini tashkil etish uchun davlat organlari, jamoat tashkilotlari, shuningdek boshqa yuridik va jismoniy shaxslar madaniy estetik, ilmiy, texnikaviy, sport va boshqa yo’nalishlarda maktabdan tashqari davlat va nodavlat ta`lim muassasalarini tashkil etadilar.

Maktabdan tashqari muassasalar xalq ta`limi tizimining tarkibiy qismi hisoblanadilar va ular ta`lim-tarbiya berishga mo’ljallangandir.Maktabdan tashqari muassasalar o’z faoliyatlarini O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, "Ta`lim to’g’risida"gi Qonunga va boshqa qonunchilik hujjatlariga hamda “Maktabdan tashqari muassasa to’g’risida” Nizomga muvofiq amalga oshiradilar.

Mazkur Nizom maktabdan tashqari muassasalar faoliyatini, vazifalari va funktsiyalarini, boshqaruvini tartibga soladi hamda ishtirokchilarning (ota-onalar yoki ularning o’rnini bosuvchi shaxslar, maktabdan tashqari muassasalarning pedagogik xodimlari va tarbiyalanuvchilar) huquq va majburiaytlarini belgilab beradi.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit