Ta'lim


Respublikamizda yalpi ichki mahsulotning 12% ta`lim sohasiga yo’naltiriladi, chunki ta`lim davlat rivojlanishining asosiy tamoyillaridan biridir. Shuning uchun ham, «Ta`lim» bo’limi portalimizning asosiy bo’limlaridan biri hisoblanadi.

Bo’limda keltirilgan ma`lumotlar o’qituvchilar, maktab, kollej va litsey o’quvchilari, talabalar va ularning ota-onalari uchun mo’ljallangan.

Ushbu bo’limda Respublikamiz ta`lim tizimining tahlili olib borilgan bo’lib, har bir ta`lim bosqichining maktabgacha ta`limdan boshlab, oliy o’quv yurtidan keyingi ta`limgacha bo'lgan statistik ma`lumotlari va qonunchilik bazasi keltirilgan.

Bu kabi ma`lumotlarni taqdim etilishi, ta`lim sohasiga befarq bo’lmagan shaxslarga ta`lim olish, mavjud bo’lgan normalar va huquqiy bazalar haqidagi ma`lumotlarga ega bo’lish imkoniyatini yaratadi.

Shu bilan birga ushbu bo’limda ta`limni boshqarish davlat organlari, O’zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi va O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirliklarining tashkiliy tizimlari bilan ham tanishish mumkin.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit