Saytlar yaratish


Yoshlar, o'quvchilar hamda manfaatdor shaxslar orasida AKTdan foydalanish malakalarini oshirish hamda rivojlantirish maqsadida bepul sayt-satellitlar yaratish imkoniyati taqdim etilmoqda.

ZiyoNET portalining sayt-satellitlari internet tarmog’idagi saytlar bilan ishlash va ularni boshqarish bilan tanishishning dastlabki bosqichi hisoblanadi. Sayt-satellitlarning faoliyati internet tarmog’idagi axborot-ta'limiy resurslar bilan ishlashga o’rgatish hamda o’qituvchilar, o’quvchilar va barcha foydalanuvchilarning ushbu yo’nalishdagi ilm darajasini oshirishga qaratilgan. Sayt-satellitlar, sozlangan va ishlashga tayyorlangan Wordpress (CMS) kontentni boshqarish tizimida yaratiladi. Barcha sayt-satellitlar 3-darajali «zn.uz» domenida joylashgan.

Saytlar bilan ishlashni boshlashdan avval, sayt-satellitlarni yaratish qonun-qoidalari bilan tanishib chiqish kerak.


Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit