"e-Darslik" mobil dasturi


ZiyoNET Resurs markazi umumtalim darsliklarini (o`zbek, rus, qoraqalpoq va tojik tillarida) mobil telefonlarda va planshetlarda o`qish imkoniyatini beruvchi «E-darslik» mobil dasturining ishga tushirilganligini ma'lum qiladi.

Mobil dasturda darsliklar kutubxonasi mavjud bo`lib (bugungi kunda 60 dan ortiq darsliklar), foydalanuvchi ularni o`zining “kitob javoniga”, yani qurilmaning “Mening kitoblarim” bo`limiga yuklab olishi mumkin. Darsliklarni qidirish uchun darslikning qaysi tilda, qaysi fan va sinfga tegishli ekanligini tanlash imkoniyatini beruvchi maxsus filtrdan foydalanish mumkin.

Kerakli darsliklar tanlangandan so`ng, ular telefon yoki planshetga yuklab olinadi. Ushbu jarayon amalga oshirilgandan keyin esa, darsliklardan Internet tarmog`iga ulanmasdan turib foydalanish mumkin bo`ladi.

Har bir darslik annotatsiya va interaktiv mundarijaga ega. Shuningdek, kitobni o`qishni tugagan joydan davom ettirish uchun maxsus xatcho`p o`rnatish mumkin.

Har bir band so`ngida taqdim etilgan materiallar qay darajada o`zlashtirilganligini tekshirish imkonini beruvchi test sinovlari taqdim etiladi. Testlarni baholash darslik tarkibiga kiritilgan dastur yordamida amalga oshiriladi, bu jarayon internetga ulanishni talab etmaydi.

Darsliklar hajmi matn va tasvirlarning ko`pligiga bog`liq bo`lib, 2 dan 50 mb gacha bo`lishi mumkin. Trafikni tejash va yuklab olish tezligini ko`paytirish maqsadida darsliklar arxivlangan holatda yuklab olinadi.

Mobil dastur beta-test tartibida ishga tushurilgan bo`lib, "e-Darslik" elektron darsliklari dasturida qayd etilgan kamchiliklar va uni rivojlantirish bo`yicha o`z takliflaringizni ZiyoNET portalining qayta aloqasi orqali jo`natishingizni so`raymiz.

Android platformali qurilmalar uchun dasturning test talqinini serverdan yuklab olish

 Tez kunlarda

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit