Xosting


O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 28 sentabrdagi “O'zbekiston Respublikasi jamoat ta'lim axborot tarmog'ini tashkil etish to'g'risida”gi PQ 191- sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida, ta'limiy va ijtimoiy muhim ahamiyatga ega bo'lgan loyihalarning Uznetda qatnashishi uchun, ZiyoNET tarmog'ining resurs markazi tomonidan ta'lim muassasalari va ijtimoiy muhim ahamiyatga ega bo'lgan loyihalar uchun bepul xosting xizmati taqdim etiladi.

Bepul xosting bu — 250 mb hajmdagi veb-sayti yoki boshqa axborot (matn, rasm)ni serverimizda bepul fizik joylashtirish imkoniyatiga ega bo'lish xizmatidir.

Xosting xizmatiga elektron pochta yozishmalari uchun joy (5 Mb), 10 tagacha elektron pochta manzillari, 3-darajali domenning registrasiyasi va boshqaruvi, cheklanmagan oylik trafik, qo'llaniluvchi domenlarning DNS nomlari birlamchi va ikkilamchi serverlari boshqaruvi, FTP orqali kirish, CGI-BIN, PERL (mod_perl) va h.k. hamda tegishli xizmatlarning faoliyat ko'rsatishini nazorat qilish kabi xizmatlar kiradi.

Ba'zi loyihalar uchun, ularning aktual holatiga va yoshlar tomonidan ko'rsatilayotgan e'tiboriga qarab, ajratilgan disk maydonini ko'paytirish imkoniyati ham mavjud.

Ayni vaqtda 150 dan ortiq ta'lim muassasalari (maktablar, akademik litseylar, kollejlar, Oliy o'quv yurtllar, yoshlar tashkilotlari, kutubxonalar, muzeylar va boshqa ta'lim, ilmiy va madaniy-ma'rifiy muassasalar) saytlari bu xizmatdan foydalanishmoqda.

Bepul xosting olish uchun, quyidagilar talab etiladi:

Bizdagi bepul xosting bilan Siz saytingizning uzluksiz va ishonchli faoliyat ko'rsatishiga ega bo'lasiz. Batafsil ma'lumot UZINFOCOM Ma'lumotlar markazi saytida mavjud.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit