Imkoniyatlar


ZiyoNET tarmog’ining asosiy maqsadi, respublika yoshlari hamda ta'lim oluvchilari uchun ta'lim olish tizimida keng ko’lamli axborot-kommunikatsiya xizmatlarini joriy etishdan iborat. Shu bois, ZiyoNET Resurs markazi o'zining asosiy loyihalaridan tashqari, o'z foydalanuvchilari uchun ta'lim jarayonida axborot texnologiyalarini keng qo'llash bo'yicha qo'shimcha imkoniyatlarni ham taqdim etadi.

Ta'lim va ijtimoiy muhim ahamiyatga ega loyihalar uchun xosting

Ta'lim va ijtimoiy muhim ahamiyatga ega bo'lgan loyihalarning sonini ko'paytirish maqsadida, ZiyoNET tarmog'ining Resurs markazi tomonidan ta'lim muassasalari va ijtimoiy muhim ahamiyatga ega bo'lgan loyihalar uchun bepul xosting xizmati taqdim etiladi.

Batafsil ma'lumotni bu yerdan olishingiz mumkin.

Ta'lim va ijtimoiy muhim ahamiyatga ega bo'lgan loyihalar uchun xosting taqdim etish bo'yicha savollaringizga javoblarni ZiyoNET tarmog'ining maxsus guruhida olishingiz mumkin.

ZiyoNETdagi sayt- satellitlarining yaratilishi

Yoshlar, o'quvchilar va barcha foydalanuvchilar orasida AKT dan foydalanish malakalarini oshirish hamda rivojlantirish maqsadida bepul sayt-satellitlar yaratish imkoniyati taqdim etilmoqda.

Sayt-satellitlar – Wordpress platforma bazasida uchinchi darajali zn.uz domenida foydalanuvchilar tomonidan turli mavzularda yaratilgan saytlardir.

ZiyoNETda sayt-satellitini yaratish bo'yicha savollaringizga javoblarni ZiyoNET guruhining maxsus mavzusida olishingiz mumkin.

Ta'lim muassasalarini ZiyoNET tarmog'iga ulash bo'yicha savollar

Hukumat qarorlariga muvofiq barcha ta’lim muassasalarini ZiyoNET tarmog’i orqali internet tarmog’iga ulash hamda ZiyoNET yagona axborot ta'lim tarmog’ida birlashtirish ishlari olib borilmoqda.

Bugungi kunda, ta’lim muassasalarini ZiyoNET tarmog’iga ulash ishlari bilan "O'zbektelecom" AK shug’ullanmoqda.

Mijozlarni qo‘llab-quvvatlash xizmati: 8-800-200-09-09

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit