Loyiha haqida
ZiyoNET jamoat axborot ta'lim tarmog’i O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning 2005 yil 28 sentyabrdagi PQ191-sonli “O’zbekiston Respublikasining jamoat ta'lim axborot tarmog’ini tashkil etish tơg’risida”gi Qaroriga muvofiq tashkil topgan.
ZiyoNET tarmog’ining asosiy maqsadi, respublika yoshlari hamda ta'lim oluvchilari uchun ta'lim olish tizimida keng ko’lamli axborot-kommunikatsiya xizmatlarini joriy etishdan iborat.
ZiyoNET portali
ZiyoNET axborot ta'lim tarmog’i portali - yoshlar, murabbiylar, shuningdek barcha portal foydalanuvchilari uchun kerakli axborotlarni jamlash bilan bir qatorda, ularga axborot texnologiyalari sohasidagi kerakli ma'lumotlarni berish, o’zaro muloqot qilish va tajriba almashinishlari uchun zarur imkoniyatlarni yaratib berish vazifasini ham o’z zimmasiga oladi.
Foydalanuvchilar
ID.UZ tizimidan ro’yxatdan o’tgan foydalanuvchilarga ZiyoNET portali o’z imkoniyatlarini namoyon qilishlari uchun barcha sharoitlarni yaratib beradi. Jumladan:
- uchinchi darajali «zn.uz» domenida sayt-satellitlarni yaratish;
- guruhlar yaratish, yaratilgan guruhlarda mavzular yaratish, guruhlarga qatnashchilarni taklif qilish va boshqa foydalanuvchilar tomonidan yaratilgan mavzularda ishtirok etish;
- "Savollar va javoblar" bo’limida o’z savollarini berish va boshqa foydalanuvchilar bergan savollarga javob berish;
- "O’yinlar" bo’limining foydalanuvchilari reytingida ishtirok etish;
- ZiyoNET axborot resurs tarmog’ining turli tanlovlarida qatnashish va h.k.
ZiyoNET tarmog’iga ulanish
Hukumat qarorlariga muvofiq barcha ta'lim muassasalari (ulanish ob'ektlari) ZiyoNET axborot ta'lim tarmog’i negizida birlashishlari kerak.
2013 yil 10 iyul sanasidan boshlab, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining VMQ-№198 son "ZiyoNET axborot ta'lim tarmog’ini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Qaroriga muvofiq ta'lim muassasalarini ZiyoNET tarmog’i resurslariga ulash "O’zbektelekom" AK tomonidan amalga oshiriladi.
Ta'lim muasasalarining tarmoqqa ulanishlariga va moliyaviy masalalarning hal etilishiga OO’MTV, O’MKTM, XTV, «Kamolot» YoIH mas'ul hisoblanadilar.
Ta’lim muassasalarini tarmoqqa ulashga oid barcha savollar bilan mas'ul vazirliklar va boshqarmalarga, shuningdek ZiyoNET tarmog’i provayderiga murojaat etishingizni so’raymiz.
ZiyoNET ta'lim tarmog’iga ulanuvchi ob'ekt provayder tomonidan quyidagi kafolatlangan xizmatlarni oladi:
xDSL texnologiyasi bo’yicha kirish
Paket | "ZiyoNET" tarmog’iga kirish tezligi | "ZiyoNET" tarmog’idan foydalanish uchun trafikning belgilangan limiti | Internet tarmog’iga kirish tezligi | Internet tarmog’idan foydalanish uchun trafikning belgilangan limiti (bir oyga) |
ZiyoNET-1 | 512 Kbit/sek | Limitsiz | 128 Kbit/sek | 700 Мb |
ZiyoNET-2 | 1 Mbit/sek | Limitsiz | 256 Kbit/sek | 1000 Мb |
ZiyoNET-3 | 1 Mbit/sek | Limitsiz | 512 Kbit/sek | 1200 Мb |
Izoh:1. Bir oyda Internet tarmog’idan foydalanish uchun trafikning belgilangan limiti tamom bo’lgandan keyin «ZiyoNET» tarmog’iga kirish uzib qơyilmaydi.
2. Ulanish texnik imkoniyat mavjud bo’lgan taqdirda amalga oshiriladi.
FTTx texnologiyasi bo'yicha kirish
Paket | "ZiyoNET" tarmog’iga kirish tezligi | "ZiyoNET" tarmog’idan foydalanish uchun trafikning belgilangan limiti | Internet tarmog’iga kirish tezligi | Internet tarmog’idan foydalanish uchun trafikning belgilangan limiti (bir oyga) |
ZiyoNET-1 | 1 Mbit/sek | Limitsiz | 512Kbit/sek | 2800 Мb |
ZiyoNET-2 | 1 Mbit/sek | Limitsiz | 1 Mbit/sek | 5000 Мb |
ZiyoNET-3 | 2Mbit/sek | Limitsiz | 1 Mbit/sek | Limitsiz |
Izoh:1. Bir oyda Internet tarmog’idan foydalanish uchun trafikning belgilangan limiti tamom bo’lgandan keyin «ZiyoNET» tarmog’iga kirish uzib qơyilmaydi.
2. Ulanish texnik imkoniyat mavjud bo’lgan taqdirda amalga oshiriladi.
CDMA-450ning simsiz texnologiyasi bơyicha kirish
Paket | "ZiyoNET" tarmog’iga kirish tezligi | "ZiyoNET" tarmog’idan foydalanish uchun trafikning belgilangan limiti | Internet tarmog’idan foydalanish uchun trafikning belgilangan limiti (bir oyga) | Telefoniya (bir oyga) |
ZiyoNET CDMA-1 | 128 Kbit/sek | Limitsiz | 500 Мb | Kiruvchi qo’ng’iroqlar bepul Chiquvchi qơng’iroqlar uchun 500 daqiqa |
ZiyoNET CDMA-2 | 128 Kbit/sek | Limitsiz | 1000 Мb | Kiruvchi qo’ng’iroqlar bepul Chiquvchi qơng’iroqlar uchun 1000 daqiqa |
Izoh: CDMA-450 texnologiyasi viloyatlarning olis tumanlarida joylashgan hamda xDSL va FTTx orqali ulanish uchun texnik imkoniyatlarga ega bo’lmagan ta'lim muassasalari uchun mo’ljallangan.
ZiyoNET tarmog’iga ta'lim muassasalarini ulanishlarini moliyalashtirish O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.