Tez-tez so'raladigan savollar


1. Ro’yxatdan o’tish va avtorizasiya

1.1. Ziyonet.uz resursida ro’yxatdan o’tish nima uchun kerak?
1.2.Ziyonet.uz saytida qanday qilib ro’yxatdan o’tish kerak?
1.3. Nima uchun tizim ro’yxatdan o’tayotgan vaqtda mobil telefon raqamini so’raydi?

2. Guruhlar

2.1. Yopiq guruhlarning ochiq guruhlardan nima farqi bor?

3.Savollar va javoblar

3.1. Savolni qanday berish kerak?
3.2. O’zim bergan savolni jo’natganimdan keyin qanday qilib uni topib o’zgartirishim mumkin?
3.3. O’zim bergan savolni o’chirib tashlashim yoki tahrirlashim mumkinmi?
3.4. Men bergan savol nega yo’q bo’lib qoldi?

4. Kutubxona

4.1. ZiyoNET “Kutubxona”siga kira olmayapman? Nima qilay?
4.2. Materialni qanday yuklab olsam bo’ladi?

5.O’yinlar

5.1. ZiyoNET ta'limiy o'yinlari necha yoshdagi bolalarga mo'ljallangan?

6. Ta'lim muassasalari

6.1. Foydalanuvchining o’zi ta'lim muassasasi to’g’risida ma'lumotlarni qo’sha oladimi?

7. Sayt-satellitlar

7.1. Sayt-satellitni qanday yaratish mumkin?
7.2. Nima uchun mening saytim blokka tushib qoldi?
7.3. Saytni qanday qilib o’chirib tashlasam bo’ladi?
7.4. Sayt nomini o’zgartirish mumkinmi?
7.5. Foydalanuvchi bitta akkaunt bilan bir nechta sayt yaratishi mumkinmi?

***

1. Ro’yxatdan o’tish va avtorizasiya

1.1. Ziyonet.uz resursida ro’yxatdan o’tish nima uchun kerak?
ZiyoNET tizimining har bir foydalanuvchisi ro’yxatdan o’tganligi yoki o’tmaganligiga qaramay saytdagi ma'lumotlarni ko’rish yoki ulardan foydalanish imkoniyatiga ega. Agar foydalanuvchi ZiyoNET saytida guruh yaratish yoki guruhlarga qo’shilish, “Savol-javoblar” xizmatidan foydalanish, onlayn o’yinlar reytingida qatnashish va shu kabi qo’shimcha xizmatlardan foydalanishni istasa, u holda foydalanuvchi ZiyoNET saytida ro’yxatdan o’tishi kerak bo’ladi.
1.2. Ziyonet.uz saytida qanday qilib rơyxatdan o’tish kerak?
ZiyoNET saytida ro’yxatdan o’tish ID.UZ xizmatining bazasi orqali amalga oshiriladi. Ro’yxatdan o’tish uchun siz saytning bosh sahifasida ko’rsatilgan kerakli bo’limlarni to’ldirishingiz kerak. Elektron manzilingizni ko’rsatib o’tishingiz shart emas, chunki tizim avtomat ravishda sizga uMail.uz pochta tizimida pochta qutisi yaratib beradi. Agar siz avval ID.UZ tizimida ro’yxatdan o’tgan bo’lsangiz, u holda siz o’zingizning akkauntingiz bilan avtorizasiyadan o’tishingiz mumkin.

1.3. Nima uchun tizim ro’yxatdan o’tayotgan vaqtda mobil telefon raqamini so’raydi?

Bizning resurslarimizdan asosan maktab o’quvchilari va talabalar foydalanganligi sababli, biz saytda havola etilayotgan ma'lumotlarning barchasini O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi hamda axloqiy tartib-qoidalar doirasidan chiqmasligini qattiq nazorat qilamiz. Ushbu qonun-qoidalar buzilgan holda, bizlar foydalanuvchi bilan bog’lanish imkoniyatiga ega bo’lishimiz uchun telefon raqami kerak bo’ladi. Sizning telefon raqamingiz avval ro’yxatdan o’tgan vaqtingizda ko’rsatilmagan bo’lsa, u holda tizim sizdan telefon raqamingizni maxsus katakchalarga yozishingizni talab qiladi. Ko’rsatilgan telefon raqamiga maxsus kod yozilgan SMS xabar jo’natilib, telefon raqamingizni tasdiqlashingiz so’raladi. Ushbu jarayon faqat bir martta talab qilinib, boshqa safar telefon raqamingizni yozishingiz kerak bo’lmaydi.

2. Guruhlar

2.1. Yopiq guruhlarning ochiq guruhlardan nima farqi bor?
Ochiq guruhlarga barcha avtorizatsiyadan o’tgan foydalanuvchilar kirishi va unga qo’shilishi mumkin. Yopiq guruhlarga faqatgina guruh ma'muri taklifidan so’ng kirish va qo’shilish mumkin bo’ladi.  

3. Savol-javoblar

3.1. Savolni qanday berish kerak?
Har bir sahifaning tepa qismida so’zlar bo’yicha qidiruv maydonchasi va «Savol berish»tugmachasi bor. Dastlab qidiruv maydonchasi orqali siz qidirayotgan savolingizga javob bor yoki yo’qligini tekshiring, agar siz qidirayotgan savoligingizga javob topa olmasangiz, siz ushbu qidiruv maydonchasiga kerakli savolni yozishingiz mumkin.
а) «Savol berish» tugmachasini bossangiz, savol berish sahifasi ochiladi.
b) Ishtirokchilar diqqatini jalb qilish uchun sarlavha oynachasida savolni qisqacha ko’rinishda yozing. Savolga to’liq javob olish uchun, qo’shimcha ma'lumotlar maydonchasida savolni chuqurroq tasvirlab yozsangiz aniq javobga ega bo’lasiz.
c) Zarurat tug’ilsa savolga qo’shimcha qilib surat yoki videofayl biriktirib ko’rsatishingiz mumkin, ushbu imkoniyat berilayotgan savolga yanada chuqurroq va tushunarliroq javobni olishda yordam beradi.
3.2. O'zim bergan savolni jo'natganimdan keyin qanday qilib uni topib o'zgartirishim mumkin?

Tizimga kirgandan so’ng foydalanuvchining berilgan barcha savollari uning profili sahifasida ko’rinib turadi. Bundan tashqari menyuning tepa qismida joylashgan «Men yaratdim» nomli manba tugmachasini bosish orqali o’zingiz yaratgan savollarga o’tishingiz mumkin.

3.3. O'zim bergan savolni o'chirib tashlashim yoki tahrirlashim mumkinmi?

Savol yuborilgandan so’ng zaruriyat bo’lsa uni tahrirlash yoki o’chirib tashlash ham mumkin. Ushbu belgi savol matnining o’ng tarafi, pastki qismida joylashgan.
3.4. Nima uchun mening savolim yo’q bo’lib qoldi?
Berilgan savol “spam” bo’lsa yoki qonunchilikka va sayt qoidalarga to’g’ri kelmasa, u holda ma'mur ushbu savolni o’chirib tashlashga to’la haqli hisoblanadi.

4. Kutubxona

4.1. ZiyoNET “Kutubxona”siga kira olmayapman? Nima qilay?
ZiyoNET portalining “Kutubxona” bo’limidan foydalanish uchun avval saytda ro’yxatdan o’tib, so’ng u yerdagi ma'lumotlarni yuklab olish va ulardan foydalanish imkoniyatiga ega bo’lish mumkin.

4.2. Materialni qanday yuklab olsam bo’ladi? Zarur materialni yuklab olish uchun, kerakli kitob ostidagi «yuklab olish» tugmachasini bosish kerak.

5.O’yinlar

5.1. ZiyoNET ta'limiy o'yinlari necha yoshdagi bolalarga mo'ljallangan?

Barcha o'yinlar yoshlar bo'yicha toifalarga ajratilgan. Har bir o'yin murakkabligiga qarab, u yoki bu toifaga kiritilgan. Umuman olganda, ZiyoNET ta'limiy o'yinlarini barcha yoshdagi foydalanuvchilar o'ynashlari mumkin.

6. Ta'lim mussasalari

6.1. Foydalanuvchi o’zi ta'lim muassasasalari to’g’risida ma'lumotlarni qo’sha oladimi?
Yangi ta'lim muassasalari to’g’risida ma'lumotlarni faqatgina ushbu bo’lim ma'murlari saytga yuklash huquqiga ega, biroq foydalanuvchilar ushbu elektron manzil orqali info@ziyonet.uz kerakli ma'lumotlarni sayt ma'murlariga kelgusida ko’rib chiqishlari uchun yuborishlari mumkin.

7.Sayt

7.1. Sayt-satellitni qanday yaratish mumkin?

ZiyoNET portalida yangi sayt yaratish uchun avval www.ziyonet.uz saytida avtorizasiyadan o’tib, so’ngra «Sayt yaratish» tugmachasini bosish zarur. Ushbu qadam bajarilgandan so’ng, Siz portal qoidalari bilan tanishib chiqishingiz kerak bo’ladi. Qoidalar bilan tanishib chiqganingizdan so’ng, yangi sayt yaratish uchun kerakli bandlarni to’ldirib «Roziman» tugmachasini bosishingiz kerak. Ushbu bandlarni iloji boricha to’g’ri va aniq to’ldirish zarur, chunki bu ma'lumotlar sayt ma'muri sizning saytingiz ochilishiga ruxsat berish yoki bermasligi bog’liq bo’ladi. Ushbu bandlar to’ldirilgandan so’ng «Sayt olish» tugmachasini bosish kerak bo’ladi va ekranda “Sizning so’rovingiz qabul qilindi.” degan mazmunda xabar ochiladi. So’ng sayt ma'muri kerakli bandlar barcha qonun-qoidalarga muvofiq to’ldirilganligini ko’rib chiqib, siz ro’yxatdan o’tayotganda ko’rsatgan elektron pochta manzilingizga havola yuboradi va siz ushbu havolani bosib yangi sayt yaratganingizni tasdiqlaysiz.

7.2.  Nima uchun mening saytim blokka tushib qoldi?

Sizning saytingiz ma'murlar tomonidan quyidagi hollarda blokka tushirilgan bo’lishi mumkin:

• Siz ZiyoNET portalining qonun-qoidalarini buzgan bo’lsangiz; • Siz saytingizga 3 oy davomida hech qanday yangilik kiritmagan bo’lsangiz.

7.3. Saytni qanday qilib o’chirib tashlasam bo’ladi?
Foydalanuvchi yaratgan saytini o’chirib tashlashlanishini istasa, o’zi yaratgan saytga ma'mur sifatida kirib uni o’chirib tashlashi mumkin. Shuningdek, ZiyoNET portalining ma'murlari foydalanuvchining so’roviga ko’ra uning saytini o’chirib tashlash imkoniyatiga egalar.
7.4. Sayt nomini o’zgartirish mumkinmi?
Sayt nomini portal ma'murlari bilan quyidagi manzil orqali bog’lanib o’zgartirish mumkin: feedback@ziyonet.uz
7.5. Foydalanuvchi bitta akkaunt bilan bir nechta sayt yaratishi mumkinmi?
Foydalanuvchi faqat bitta sayt yaratishi va ushbu saytning ma'muri bo’lishi mumkin. Shuningdek, boshqa saytlarning ma'murlari roziligi bilan istalgancha saytlarda hammualif bo’lish imkoniyatiga ham ega.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit