ZiyoNET portalining xizmatlaridan foydalanish qoidalari


  1. Hujjat mazmuni
    1. Ushbu qoidalar ZiyoNET portalidan foydalanish boshlangan vaqtdan kuchga kiradi va belgilanmagan muddat amal qiladi;
    2. Qoidalar doirasida ko’rsatilayotgan xizmatlarning bepul ekanligini hisobga olgan holda mualliflik huquqlarini himoya qilishni belgilash ularga nisbatan qo’llanilmaydi.
  2. Foydalanuvchilar
    1. ZiyoNET portalining foydalanuvchilari quyidagi toifalarga ajratiladi:
      • oddiy foydalanuvchilar;
      • ID.UZ tizimidan ro’yxatdan o’tgan holda avtorizasiya bo’lgan foydalanuvchilar.
    2. ZiyoNET portalining oddiy foydalanuvchilari faqatgina ma’lumotlarni ko’rish imkoniyatiga egalar;
    3. ID.UZ tizimidan ro’yxatdan o’tgan holda avtorizasiya bo’lgan foydalanuvchilar quyidagi imkoniyatlarga ega:
      1. O’zi haqidagi ma'lumotlarni to’ldirish, do’stlikni taklif qilish va qabul qilish;
      2. Uchinchi darajali «zn.uz» domenida sayt-satellitlarni yaratish;
      3. O’z qiziqishlariga ko’ra guruhlar yaratish, guruhlarda muloqot olib borish, media materiallar yuklash va boshqalar yuklagan fayllarga izoh qoldirish;
      4. "Savollar va javoblar" bo’limida o’z savollarini berish va boshqa foydalanuvchilar bergan savollarga javob berish;
      5. "O’yinlar" bo’limining foydalanuvchilari reytingida ishtirok etish;
      6. ZiyoNET axborot resurs tarmog’ining turli tanlovlarida qatnashish va h.k.
  3. Sayt-satellitlar
    1. ZiyoNET portalining sayt-satellitlari internet tarmog’idagi saytlar bilan ishlash va ularni boshqarish bilan tanishishning dastlabki bosqichi hisoblanadi. Sayt-satellitlarning faoliyati internet tarmog’idagi axborot-ta'limiy resurslar bilan ishlashga o’rgatish hamda o’qituvchilar, o’quvchilar va barcha foydalanuvchilarning ushbu yo’nalishdagi ilm darajasini oshirishga qaratilgan. Sayt-satellitlar, sozlangan va ishlashga tayyorlangan Wordpress (CMS) kontentni boshqarish tizimida yaratiladi. Barcha sayt-satellitlar 3-darajali «zn.uz» domenida joylashgan;
    2. Sayt-satellitlar o’zga saytlarni reklama qiluvchi va ommalashtiruvchi axborot maydonchasi hisoblanmaydi;
    3. Barcha sayt-satellitlarning yangiliklar kiritilishi holati goh-goh tekshirib turiladi;
    4. Har bir sayt-satellitga oxirgi 3 oy mobaynida kamida 5 ta maqola joylashtirilgan bo’lishi shart;
    5. Ushbu qoidalarga rioya qilinmagan holda, foydalanuvchining ro’yxatdan o’tish jarayonida ko’rsatib o’tilgan pochta manziliga kelgusi ikki hafta mobaynida yangilik kiritish kerakligi ko’rsatilgan ogohlantirish xati yuboriladi. Ogohlantirish yuborilgandan so’ng ikki hafta o’tgach foydalanuvchi saytiga yangi ma'lumot kiritmasa, sayt ma'muriyati saytni yopib qo’yish va keyinchalik saytni o’chirish huquqiga ega;
    6. ZiyoNET portalining ma'muriyati sayt-satellitlarning ishlash jarayonida texnik nosozliklar yuz berganida dasturiy ta'minotga oid texnik yordam ko’rsatadilar;
    7. ZiyoNET portalining ma'muriyati sayt ishlab chiqarish, uni to’ldirish va rivojlantirish ishlarini amalga oshirmaydi.
  4. ZiyoNET portali va sayt–satellitlarda quyidagilar ta'qiqlanadi
    1. Mazmuni va sarlavhasi senzuraga mos kelmaydigan so’zlar ifodalangan maqolalarni yozish va joylashtirish, maqola va izohlar yozish jarayonida qo’pol, jargon aks etgan so’zlarni qo’llash;
    2. Quyidagi ma'lumotlarni joylashtirish ta'qiqlanadi
      1. O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga zid bo’lgan;
      2. Umuminsoniy axloq va odob normalariga to’g’ri kelmaydigan;
      3. Irqiy, milliy va diniy ziddiyatlarni keltirib chiqaruvchi so’zlarni aks ettirgan maqolalar;
      4. Erotik xarakterga ega bo’lgan rasm va videolar, va ularga havolalar mavjud bo’lgan maqolalar;
    3. ZiyoNET portalining qonun-qoidalarini va ularning bajarilishini muhokama qilish, sayt ma'muriyati va moderatorlar faoliyatiga qaratilgan ochiqdan-ochiq namoyishkorona e'tiroz bildirish.
Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit