Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta‘lim
Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta'lim
Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta'lim jamiyatning oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirishga, shaxsning ijodiy ta'lim-kasb-hunar manfaatlarini qanoatlantirishga qaratilgan.
Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta'limni oliy o‘quv yurtlarida va ilmiy-tadqiqot muassasalarida olish mumkin. Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta'lim dissertatsiya himoyasi bilan yakunlanadi. Yakuniy davlat attestatsiyasi natijalariga ko‘ra fan doktori ilmiy darajasi berilib, davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi diplom topshiriladi.
Yakuniy davlat attestatsyasi natijalariga ko‘ra tegishli ravishda fan doktori ilmiy darajasi berilib, davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi diplomlar topshiriladi.
Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta'limni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish tadbirlari quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
- «Ta'lim to‘g‘risida»gi Qonunga hamda mamlakatni ijtimoiy va iqtisodiy rivojlantirish istiqbollariga muvofiq oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash va attestatsiyadan o‘tkazish tizimini takomillashtirish;
- kasb ta'limi tizimi uchun oliy malakali ilmiy-pedagog kadrlarni hamda ilg‘or pedagogik texnologiyalar sohasida ilmiy kadrlarni ustuvor ravishda tayyorlash;
- rivojlangan mamlakatlarning ilg‘or ta'lim muassasalari va ilmiy markazlarida ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlanishi uchun sharoitlar yaratib berish;
- fan, texnologiya va ta'lim sohasida rivojlangan mamlakatlar bilan xalqaro hamkorlikni chuqurlashtirish.