logo
Asosiy
Umumiy ma‘lumot

Umumiy ma‘lumot

O‘zbekiston Respublikasining ta‘lim tizimi quyidagilardan iborat:

  • davlat ta‘lim standartlariga muvofiq ta‘lim dasturlarini amalga oshiruvchi davlat va nodavlat ta‘lim muassasalari;
  • ta‘lim tizimi ishlashi va rivojlanishi uchun kerakli tadqiqot ishlarini olib boruvchi ilmiy-pedagogik tashkilotlar;
  • ta‘lim sohasidagi davlat boshqaruv organlari shuningdek ular boshqaruvi ostidagi korxona, muassasa va tashkilotlar.

O‘zbekiston Respublikasi ta‘lim tizimi yagona va yaxlitdir.

O‘zbekiston Respublikasida talim quyidagi korinishlarda amalga oshiriladi:

  • maktabgacha ta‘lim;
  • umumiy o‘rta ta‘lim;
  • maktabdan tashqari ta‘lim;
  • o‘rta maxsus kasb-hunar ta‘limi;
  • oliy ta‘lim;
  • oliy ta‘limdan keyingi ta‘lim;
  • malaka oshirish va kadrlarni qayta tayorlash.

Ta‘limni boshqarish organlari 

Ta‘lim tizimining umumiy boshqaruvini Vazirlar Mahkamasi amalga oshiradi. Shuningdek, Vazirlar Mahkamasi alohida oliy ta‘lim muassasasi, Toshkent Islom Universiteti va xalqaro mashhur xorijiy OTMlari (MDU, Westminster Universiteti va hokazo) filiallarini bevosita boshqaradi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi vakolatlariga quyidagilar kiradi:

  • ta‘lim sohasida yagona davlat siyosatini olib borish;
  • davlat ta‘lim boshqaruv organlariga rahbarlik qilish;
  • ta‘limni rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
  • ta‘lim muassasalarini yaratish, qayta tashkil etish va bekor qilish tartiblarini belgilash;
  • ta‘lim muassasalari akkreditatsiyasi, pedagogik va ilmiy kadrlar attestatsiyasi tartiblarini belgilash;
  • boshqa davlatlar ta‘lim muassasalariga O‘zbekiston Respublikasi hududida ta‘lim ko‘rsatish huquqini beruvchi ruxsatnomalar berish;
  • qonunchilikka mos ravishda xorijiy davlatlarning ta‘lim haqidagi hujjatlarini tan olish tartibini belgilash va teng-kuchli ekanligini o‘rnatish;
  • davlat ta‘lim standartlarini belgilash;
  • davlat namunasidagi ta‘lim hujjatlarini va ularning berilish tartibini belgilash;
  • ta‘lim muassasalariga qabul tartibi va davlat grantlari miqdorini belgilash;
  • davlat oliy ta‘lim muassasalari rektorlarini tayinlash;
  • ta‘lim olayotganlarni bir akkreditatsiyalangan ta‘lim muassasasidan boshqasiga o‘tkazish tartibini belgilash;
  • qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa vakolatlar.

O‘zbekistonda ta‘lim tizimlari faoliyatini bevosita boshqarishni ikki vazirlik - Xalq Ta‘limi Vazirligi (XTV) va Oliy va O‘rta Maxsus Ta‘lim Vazirligi (OO‘MTV) - amalga oshiradi.

XTV - maktabgacha, maktabdan tashqari muassasalar va umumiy ta‘lim maktablari faoliyati uchun mas‘uldir. XTV boshqaruvida 5 ta oliy ta‘lim muassasasi va 16 ta o‘qituvchilar malakasini oshirish institutlari mavjud. Vazirlik joylardagi tegishli ta‘lim muassasalari faoliyatini metodologik boshqaruvchi viloyat, tuman va shahar xalq ta‘limi bo‘limlariga ega.

O‘zR XTV tizimi tashkiliy tuzilmasi


OO‘MTV - respublikada oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta‘limiga rahbarlik qiluvchi davlat boshqaruv organi hisoblanadi.
Vazirlik o‘z faoliyati bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisob beradi.
Vazirlik tizimiga O‘rta maxsus, kasb-hunar ta‘limi markazi, Oliy va o‘rta maxsus ta‘lim, kasb-hunar ta‘limini rivojlantirish markazi va idoraviy mansub oliy o‘quv yurtlari kiradi.

O‘zR OO‘MTV tizimi tashkiliy tuzilmasi


Davlatimiz fuqarolarining bilim olishlari O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi bilan kafolatlangan. O‘zbekiston Respublikasi yoshlar tarbiyasida ta‘lim muxim ahamiyat kasb etadi. Vatan ostonadan boshlanganidek, bolalarimiz ta‘lim-tarbiyasi oiladan boshlanadi. Demak, kelajak avlodimiz har taraflama yetuk, sog‘lom, bilimli, o‘z vataniga sadoqatli bo‘lib yetishishi uchun har birimiz mas‘ulmiz. E‘tiboringizga ta‘lim tizimining asosiy boshqaruv organlari, XTV va OO’MTV to‘g‘risidagi Nizomlarni havola qilamiz. Ta`lim va tarbiya to‘g‘risidagi fikr-mulohazalaringizni forumning "Ta‘lim" bo’limida bildirishingiz mumkin. Buning uchun albatta forum ro‘yxatidan o‘tishingiz shart.